"Atletiko" prezidenti: "Biz hech narsani istisno qilmaymiz, ammo Grizmann bilan shartnoma imzolash - oson bo'lmagan vazifa"

Alisher
31 iyul 2021, 11:28
"Atletiko" prezidenti Enrike Sereso "Barselona" hujumchisi Antuan Grizmanning Madrid klubiga qaytishi mumkinligini istisno etmadi.

"Biz hech narsani istisno qilmaymiz, ammo aytishimiz mumkinki, Grizmann bilan shartnoma imzolash - oson bo'lmagan vazifa. Bu qiyin operaciya", - deydi Sereso.

Oldinroq xabar berilganidek, 30 yoshli francuz Saul Niges bilan almashinuv doirasida "Atletiko"ga qaytishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Antuan "Barsa"ga qadar "Atletiko" sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: TJ Cope