"Atletiko" Parti bilan muzokaralarni boshladi

6 apr 2020, 00:31
"Matraschilar" yarim himoyachining tovon pulini oshiradi.

AS xabariga ko'ra, Madridning "Atletiko" klubi Tomas Parti bilan shartnomani uzaytirishi mumkin. Madridliklar 26 yoshli ganalik futbolchiga 4 yilga mo'ljallangan shartnoma taklif qilib, uning tovon pulini 100 million evroga ko'taradi.

Ma'lumot uchun, Partining klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan, uning tovon puli 50 mln evroni tashkil qiladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: AS