

Fransiyalik yosh istedodli himoyachi Aymerik Laport "Atletik" bilan o'rtadagi shartnomani uzaytirdi. Yangi kelishuvga ko'ra, futbolchi 2018 yilgacha jamoada qoladi. Agarda kimda-kim futbolchini sotib olishni istasa, unda 42 million evro to'lashi shartnomada ko'rsatilgan.



