"Aston Villa" Koutino bo'yicha yakuniy qarorni mayda qabul qiladi

Alisher
9 mar 2022, 16:20
"Aston Villa" "Barselona"dan ijaraga olingan yarim himoyachi Filippe Koutinoni xarid qilish imkoniyatini o'rganmoqda.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, klub rahbariyati ayni damda 29 yoshli braziliyalik futbolchining o'yinidan mamnun, ammo yakuniy qarorni chiqarish uchun maygacha kutmoqchi.

"Aston Villa" Koutinoni 40 million evro evaziga xarid qilishi mumkin.

Koutino "Aston Villa"ga yanvarda ijara asosida o'tdi. Uning hisobida jamoa tarkibida 7ta o'yinda 3ta gol va 3ta assist bor.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano