Asilbek Omonov erkin agentga aylandi

Rasman "Paxtakor"ga tegishli bo'lgan darvozabon Asilbek Omonov endi erkin agent maqomida bo'ladi.
Omonov ortda qolgan mavsumlarni asosan ijarada o'tkazgan va "Paxtakor" futbolchisi sifatida aytib o'tilgan. "Sherlar" futbolchi bilan rasman xayrlashgan va tuzilgan shartnoma bekor qilingan.  

Qishgi yig'inni Samarqandning "Dinamo" jamoasida o'tkazgan yosh darvozabon Agamurodov boshchiligidagi jamoada ikkinchi darvozabon sifatida o'tkazishi mumkin. Ayni vaqtda "Dinamo"ni darvozabon Igor Mixaylov tark etgan va faqatgina asosiy darvozabon Andrey Melnichuk qolgan.

Manba: championat.asia