“Asahi Shimbun” vakillari “Bunyodkor” mehmoni

9 iyun 2015, 07:48
Yaponiyaning jahonga mashhur “Asahi Shimbun” nashri xodimlari “Bunyodkor” futbol klubi bilan yaqindan tanishdilar.

Yakshanba kuni bo'lib o'tgan “Bunyodkor” – “Nasaf” uchrashuvida ishtirok etib, stadion bilan tanishgan nashr vakillari Xitoki Nakagava va Tatyana Krapivina bugun “Bunyodkor” futbol klubining bugungi kundagi holati, futbol maktabida olib borilayotgan ishlar xususida ma'lumot oldilar. Futbol maktabimizda tarbiyalanayotgan yosh bolakaylar bilan suhbat uyushtirdilar. 1999 yilda tug'ilgan futbolchilar mashg'ulotini kuzatdilar. Mehmonlarga “Bunyodkor” FK bosh murabbiyi Sergey Lushchan hamroxlik qilib, ularni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.


Manba: fcbunyodkor.com