Arteta: "Vengyerdan ko'p narsalar meros qolgan"

Mirjalol Normatov
26 sen 2021
"Arsenal" ustozi Mikel Arteta 22 yil davomida jamoani boshqarib, 2018 yil iste'foga chiqqan Arsen Venger haqida gapirdi.

"U "Arsenal" muvaffaqiyatlarining asoschisi. Arsen Venger kabi insonlar va ularning klub uchun qilgan ishlari orqali muvaffaqiyatlar doimo bo'ladi. U bilan ko'p narsa ketgani yo'q. Asosiysi - bir-biridan o'rganish, hurmat kabi jihatlar qoldi. U futbolchilarni klub uchun mehnat qildira olgan.

Venger davrida rostdan ham jamoa qiziqarli o'yin ko'rsatgan. U "Arsenal" muxlislariga ko'plab xursandchiliklar, olam-olam quvon bahsh qilgan. O'shanda men ham jamoa tarkibida o'ynaganman", - dedi Arteta.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal