Arteta: "Ishni oppoq varaqdan boshlayman"

Mirjalol Normatov
27 dek 2019
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta yarim himoyachi Mesut O'zil haqidagi fikrlarini bildirdi.

"Arsenal" bosh murabbiyi bo'lganimdan buyon Mesutning o'z ishiga bo'lgan professionalligini ko'rdim. Futbolchilarga barchasi oppoq varoqdan boshlashimizni aytdim. Mesutga imkoniyat berish adolatliroq deb o'ylayman", - dedi Arteta.

Mikel Artetaning debyut o'yinida "Arsenal" safarda "Bornmut" bilan durang o'ynadi. Endi jamoani 29 dekabr kuni "Chelsi"ga qarshi derbi kutmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports