

Shu sababli Arsenalning qishdagi asosiy transfer maqsadi Yuventus hujumchisi Dushan Vlahovich bo'lib turibdi. London jamoasi serbiyalik hujumchi uchun turinliklarga 60 million evro to'lashga tayyor.
Ma'lumot uchun, Vlahovich Yuventusga 2022 yilda ko'chib o'tgan. Hujumchi joriy mavsum 22 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 13 ta gol va 2 ta golli uzatma bor. 26 yoshli futbolchining turinliklar bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilning yozida yakunlanadi.




