"Arsenal" "Real"ning yosh yulduzini sotib olmoqchi

Alisher Ostonov
5 okt 2025
Londonning "Arsenal" klubi "Real"ning 18 yoshli himoyachisi Viktor Valdepenyasni sotib olish haqida o'ylamoqda.

Ayni paytda futbolchi "qaymoqranglilar"ning dublida o'ynamoqda.

Futbol insayderi Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Arsenal" Valdepenyasni ikkinchi Kristian Moskeraga aylanishi mumkin, deb hisoblamoqda. Londonliklar ispaniyalik himoyachini 13 mln funtga qo'lga kiritishdan mamnun bo'ladi.

Romanoning qayd etishicha, "Arsenal" Valdepenyasni bir necha oydan beri kuzatib kelmoqda. Viktor "Real" yoshlarining eng iqtidorli futbolchilaridan biri hisoblanadi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano