"Arsenal" Raboni ijaraga olishi mumkin

29 avg 2020, 00:19
Bu haqda The Times ma'lum qildi.

"Yuventus" yarim himoyachisi Adrien Rabo faoliyatini "Arsenal"da davom ettirishi mumkin. "To'pchilar" bosh murabbiyi Mikel Arteta maydonni yaxshi ko'ra oladigan, ajoyib uzatamalarni amalga oshiradigan 25 yoshli francuzning xizmatlariga qiziqmoqda. Ammo turinliklar Adrienni sotishni rejalashtirmagan.

Xabar qilinishicha, "Arsenal" Raboni (keyinchalik sotib olish huquqi bilan) 2021 yilning yozigacha ijaraga olishga harakat qiladi.

A Seriyaning o'tgan mavsumida 28 o'yin o'tkazgan fransiyalik o'yinchi 1 tadan gol va assistni amalga oshirgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Times