"Arsenal" Ozil uchun kurashga qo'shildi

Tolibjon Qosimov
26 avg 2013
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger klub rahbarlaridan "Real" yarim himoyachisi Mesut Ozilni sotib olishlarini so'rab murojat qildi, deya xabar bermoqda The Sun.
"Kanonirlar" ustozi "Liverpul" hujumchisi Luis Suares transferidan umidini uzdi va endi 24 yoshli Germaniya terma jamoasi a'zosini o'z jamoasi safida ko'rish istagini bildirdi. Londonliklar "Real"ga futbolchi uchun 44 million evro taklif qilmoqchilar.

Futbolchi uchun baxsda londonliklarga jiddiy raqobatchi bor: "Manchester Yunayted". "Qizil iblislar" Mesut uchun 50 million evrodan kechishga tayyor ekanliklarini ma'lum qilishgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru