"Arsenal" Obameyangni "Inter" hujumchisiga almashmoqchi

Alisher
8 may 2020
"Arsenal" hujumchi Per-Emerik Obameyangni o'z tarkibida saqlab qolmoqchi emas.

Eslatib o'tamiz, gabonlik forvardga "Barselona" va Milanning "Inter" klublari jiddiy tarzda qiziqish bildirishmoqda.

Xabarlarga ko'ra, "Arsenal" Milan klubiga almashuvni taklif qilgan. Londonliklar Obameyang o'rniga o'z tarkibida hujumchi Mauro Ikardini ko'rishni xohlashmoqda.

Eslatib o'tamiz, Ikardi ayni damda ijara asosida PSJda o'ynamoqda. Argentinalik futbolchining Parijda qolishi ham ehtimoldan yiroq emas.


AlisherMuallif
Manba: tuttosport.com