"Arsenal" Nketia bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Mirjalol Normatov
28 okt 2021, 22:33
"Arsenal" forvard Edvard Nketia bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

"Todofichajes" xabariga ko'ra, "kanonirlar" 22 yoshli angliyalik bilan bu borada muzokaralarni boshlab yuborgan ham. Amaldagi kelishuv 2022 yil yozida yakuniga etadi.

O'tgan mavsumda Nketia 17 o'yinda qatnashib, 2 gol va 1 assist qayd etdi. Ushbu mavsumda u hali maydonga tushganicha yo'q.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Todofichajes