"Arsenal" Mxitaryanning "Roma"daligidan foydalanib qolmoqchi

Mirjalol Normatov
14 iyun 2020, 14:53
"Roma" rahbariyati Genrix Mxitaryanni tarkibda olib qolishni istamoqda.

Rimliklar avvaliga futbolchining ijara muddatini uzaytirmoqchi bo'lishgandi. Endi esa ular 12-14 mln evro evaziga xavbekni sotib olishmoqchi.

"La Gazzetta dello Sport" tarqatgan ma'lumotga ko'ra, "Arsenal" o'z futbolchisining transferi orqali Jastin Klyuyvertni o'z tarkibiga olib kelmoqchi. London klubi Klyuyvert uchun, shuningdek, 35-40 mln evrodan ham voz kechishga tayyor turgandi. Mxitaryan orqali bu summa yanada kamayadi.

Qayd etish kerak, Mxitaryan va Klyuyvertga bir agent xizmat qiladi - Mino Rayola.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport