
20 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olishga nafaqat "Tottenhem", endilikda, "Arsenal" jamoasi xam harakatga tushdi, deb xabar bermoqda Daily Mail.
Nashr xabariga ko'ra ushbu qiziqishlar futbolchining narxi 40 milliongacha ko'tarilishga olib keladi.
Eslatib o'tamiz, Lukakuga shuningdek, Roma, Borussiya Dortmund jamoalari tomonidan xam qiziqish bildirilib kelinmoqda.
Avvalroq esa, Chelsi Atletikodan Diego Kostani sotib olgan taqdirda Lukakuni sotishi mumkinligi xaqida xabarlar tarqalgan edi.