"Arsenal" Kolumbiya darvozaboni Ospina bilan shartnoma imzolamoqchi

Aziz Tukhtamuradov
14 iyul 2014, 13:31
"Nicca" va Kolumbiya terma jamoasi darvozaboni David Ospina faoliyatini "Arsenal"da davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga qaraganda, londonliklar darvozabonga jiddiy qiziqib qolishgan. Uning transferi 4 million funtga baxolanmoqda.

Xabar qilinishicha, "kanonirlar" darvoza chizig'ini mustaxkamlash uchun bir qancha variantlarni ko'rib chiqishmoqda. Ulardan orasida "Norvich" posboni Jon Raddi ham bor.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru