“Arsenal” Jek Uilshirni olib qolishga harakat qiladi

2 may 2018, 09:20
Klub Jek bilan xayrlashmoqchi emas.

Mavsum yakunida Uilshirning “Arsenal” bilan shartnomasi yakuniga etadi. Hozirda klub va futbolchi yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti. Shu sababli avvalroq Uilshirning “kanonirlar” safini tark etishi aytilgan edi. Ammo klub rahbariyati Jekni jamoada olib qolishni istamoqda.

Qayd etilishicha, rahbariyat yarim himoyachiga yaxshilangan shartnomani taklif qilishga ham ulgurdi. Hozir esa faqat Jekning roziligini kutishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mirror