"Arsenal" Gabrielni sotib olishga yaqin

Narzulla Saydullayev
24 yanv 2015, 12:50
"Arsenal" "Vilyarreal" markaziy himoyachisi Gabriel Paulistani sotib olishga yaqin keldi.
"Vilyarreal" klubi murabbiylari jarohati yo'q, diskvalifikaciyaga uchramagan Gabrielni oxirgi o'yin qaydnomasiga kiritishmadi.

Bu holat "kanonirlar" 24 yoshli braziliyalik futbolchini sotib olishga yaqin kelganliklarini anglatadi. "Arsenal" ustozi Arsen Venger Gabrielning transferini "50X50" deb baholadi.
 
Ispaniyaning Marca nashrining xabariga ko'ra, London klubi ushbu transferga Joel Kempbellning ijarasini ham qo'shmoqchi.

"Arsenal" yanvarda "Legiya"dan 17 yoshli yarim himoyachi Kristin Belikni sotib olgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fapl.ru