

Shanba kuni London klubi 24 yoshli futbolchini 105 mln funtga (Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra 116,6 mln evro) sotib oldi. Shundan so'ng "kanonirlar" futbolchilarining umumiy qiymati, TM ma'lumotlariga qaraganda, 1,21 mlrd evrga etdi.
Ikkinchi o'rinda "Manchester Siti" (1,19 mlrd evro), uchinchi o'rinda PSJ (1,03 mlrd evro) qayd etildi. "Real" (991 mln) "Bavariya" (894,5 million) jamoalari kuchli beshlikka yakun yasadi.



