"Arsenal" A Seriyaning yetakchi himoyachisini nishonga oldi

Sherzod Nurmatov
16 noya 2022, 19:03
"Inter" himoyachisi Milan Shkrinyar ikki top-klub qiziqishlari doirasida.

"Arsenal" va "Milan" slovakiyalik futbolchi bilan muzokara o'tkazishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi "Calciomercato".

Avvalroq OAVda 27 yoshli futbolchiga Fransiyaning PSJ klubidan qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan, biroq tomonlar kelishuvga erisha olishmagandi.

Shkrinyarning "neradzurri" bilan amaldagi kelishuvi 2023 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan. Uning transfer narxi 60 million evroga baholanmoqda.

Himoyachi joriy mavsum A Seriyada 15 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta sariq kartochka oldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Calciomercato