

Chempion Chelsi 152,8 million funt ishlab topdi, Manchester Siti - 149 million, Tottenxem va Liverpul - 148,1 million, Manchester Yunayted - 143,3 million, Arsenal - 142,4 million. Mavsumni 20-o'rinda tugatgan Sanderlend 99,9 million funtga ega bo'ldi.
Aslida APLning har bir klubi mavsum uchun kamida 84,4 million funt oladi. Qolgan pullar esa televizion translyatsiyalar bo'yicha individual hisob kitoblarga ko'ra qo'shiladi.




