

"Bornmut" bugun Skott Parkerni iste'foga chiqarganini e'lon qildi. Jamoa mavsum boshida chempionat doirasidagi to'rtta o'yindan uchtasida mag'lubiyatga uchradi, shu jumladan, oxirgi o'yinda "Liverpul"ga 9:0 hisobida mag'lub bo'ldi.
Premer-liga tarixida bosh murabbiy oltinchi marta avgust oyida ishdan bo'shatilmoqda. Oxirgi marta bunday hodisa 2004/05 yilgi mavsumda kuzatilgan. O'shanda "Nyukasl"dan Bobbi Robson, "Sautgempton"dan Pol Starrok iste'foga chiqarilgan.
Bungacha Rud Gullit, Kenni Dalglish (ikkisi ham "Nyukasl") va Piter Rid ("Manchester Siti") avgust oyida ishdan ketgan.



