APLda 120ta seyv qilgan darvozabon "Everton"ga o'tmoqchi

Narzulla Saydullayev
9 may 2017, 12:00
"Sanderlend" posboni Jordan Pikford yozda boshqa klubga o'tmoqchi.

"Everton" yangi posbon qidirishni boshlab yubordi va 23 yoshli angliyalik futbolchiga e'tibor qaratdi. Jordan Pikford bu mavsumda Angliya premer-ligasida 120ta seyv qildi. Bu borada faqat "Bernli" posboni Tom Xiton undan ko'proq seyv qilgan - 136.

Eslatib o'tamiz, "Sanderlend" mavsum yakunlariga ko'ra premer-ligani tark etishi aniq bo'lib ulgurdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: SkySports.com