APL top-klubi Vlaxovich uchun kurashga qo'shildi

Sherzod Nurmatov
7 okt 2021, 20:16
"Fiorentina" forvardi Dushan Vlaxovich "shaharliklar" transfer maqsadiga aylandi.

Manbaga ko'ra, "Manchester Siti" 21 yoshli serbiyalik uchun "Arsenal", "Tottenxem", "Atletiko", "Inter" va "Yuventus" bilan raqobatga kirishadi.

"Siyohranglilar" o'z yetakchisi ortidan kamida 90 million evro ishlab olmoqchi.

Vlaxovich ushbu mavsumda "Fiorentina" uchun 8 o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 1 ta assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilgacha tuzilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport