APL qaytmoqda. Shogird ustozga qarshi - "Man Siti" - "Arsenal" (prevyu)

Alisher
17 iyun 2020, 12:20
Bugun Angliya Premer-ligasi doirasida qoldirilgan 28-tur o'yinlari bo'lib o'tadi.

Pep Gvardiola shogirdlari restartdan so'ng ilk o'yinini o'z maydonida Mikel Artetaning jamoasiga qarshi o'tkazadi. Takidlash kerakki, jamoalar mart oyi boshidan beri o'yinlar o'tkazishmagan.

Shogird ustozga qarshi - dekabr oyida Mikel Arteta "Manchester Siti"da Pep Gvardiolaning yordamchisi bo'lib ishlayotgan edi, ammo hozir 37 yoshli ispaniyalik London jamoasini boshqarmoqda. Mish-mishlarga qaraganda, Pep Mikelni qo'yib yuborish niyatida bo'lmagan, uni hech bo'lmasa mavsum so'nggiga qadar jamoada olib qolmoqchi bo'lgan. Arteta esa shu bilan birgalikda mustaqil murabbiylikka tayyor edi - buni Gvardiola tushungan. Arteta "Arsenal"ga kelganidan so'ng ko'p narsalar yaxshi tomonga o'zgardi: 80 millionlik Nikolya Pepe yaxshiroq ko'rindi, Shkodran Mustafi o'ynay boshladi, himoyadagi o'yin yaxshilandi va eng asosiysi, "kanonirlar" yil boshidan beri Premer-ligada umuman mag'lubiyatga uchrashmadi. Gvardiola jamoasi haqida gapiradigan bo'lsak, Leroy Sane nihoyat bugungi o'yinda maydonga tushishga tayyor. Eslatib o'tamiz, Gvardiola jamoasi birinchi davrada "Arsenal"ni "Emireyts"da 3:0 hisobida taslim etgan edi.

Taxminiiy tarkiblar:


Qiziqarli faktlar:

- "Manchester Siti" APLdagi so'nggi 33ta uy uchrashuvidan 28tasida g'alaba qozondi.

- "Arsenal" Premer-ligada so'nggi 5ta safar o'yinida durang o'ynadi.

- "Shaharliklar" "to'pchilar"ga qarshi so'nggi 6ta o'yinning barchasida g'alaba qozonishgan.

- "Arsenal" APLdagi so'nggi 3ta o'yinning birinchi taymida durang o'ynab, o'yin yakunida g'alaba qozondi.

- "Man Siti" "Arsenal"ga qarshi barcha musobaqalardagi so'nggi 6ta o'yinning 5tasida kamida 3ta gol urmoqda.

- "Man Siti" Premer-liga doirasidagi so'nggi 9ta uy uchrashuvining 8tasida kamida 2ta gol urmoqda.


Angliya Premer-ligasining 28-turga qadar bo'lgan turnir jadvali


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: football.ua