APL o'yinlari translyatsiyasidan tushadigan mablag' 25%ga oshadi

Aslanov Jasurbek
28 mar 2019, 15:25
Angliya Premer-ligasi rahbariyati chempionat o'yinlarini chet elda translyatsiya qilish huquqini sotish bo'yicha kelishuvga erishdi.

Yangi bitim avvalgisidan 25% qimmatroq bo'ladi va narx 4,05 mlrd. funtga etadi. Kelishuv 2019-2022 yillarga mo'ljallangan.

Bu shartnoma avvalgisidan farq qiladi. Endi translyatsiyadan tushgan pullar klublarga teng bo'linmaydi. APL grandlari autsayderlardan ko'proq daromad oladi, chunki pullar turnir jadvalidagi o'rniga qarab bo'linadi.

Xususan Angliya chempioni qo'shimcha 25 mln. funt daromad ko'radi. Top-6 va boshqa klublar o'rtasidagi farq taxminan 75 mln. funt bo'ladi.

Hozirgi bitim bo'yicha APLning barcha klublari translyatsiyadan 40,7 mln. funt olishadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph