Superliga. Amaldagi chempion "Neftchi" o'z uyida "Mashal"ni yirik hisobda mag'lub etdi

Alisher Ostonov
28 fev 2026
Superliga 1-tur doirasidagi "Neftchi" - "Mashal" uchrashuvining matnli translyatsiyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.

O'zbekiston Superligasi. "Neftchi" – "Mashal" 3:0

Gollar: 9 - Boyan Ciger (Anvar G'ofurov), 30 - Stipe Perica (Vladimir Yovovich), 76 - Zoran Marushich (Vladimir Yovovich). 

Bosh hakam: Ahrol Risqullaev

Yordamchi hakamlar: Andrey Sapenko, Timur Gaynulin

Zaxira hakami: Umidjon Rahimjonov

Nazoratchi: Aleksandr Popov

VAR: Ibrohim Ismoilov

AVAR: Avazbek Abdullaev

Komissar: Shohruh Said

"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Ciger, 6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 7.Abrorbek Ismoilov (11.Asilbek Jumaev, 78'), 8.Vladimir Yovovich (77.Jurani Francisko Ferreyra, 78'), 10.Jamshid Iskanderov (34.Farruh Sayfiev, 86'), 18. Stipe Perica (9.Xurshid G'iyosov, 68'), 20.Anvarjon G'ofurov (s), 21.Muhsinjon Ubaydullaev, 22.Alisher Odilov (32.Zoran Marushich, 68'), 23.Yovan Jokich

Zaxira: 45.Akbar To'raev, 2.Izzatillo Po'latov, 14.Daler Tuxsanov, 30.Rustambek Fomin.

"Mashal": 35.Dostonbek To'xtaboev, 2.Zafarbek Akramov, 5.Samandar Ochilov, 8.Sardor Abduraimov (17.Anvar Murodov, 82'), 9.Ibrohim G'anixonov (18.Ilhomjon Abdig'aniev, 82'), 10.Humoyun Murtozaev (s) (13.Nuriddin Nuridinov, 72'), 14.Abdul Rashid Abubakar, 15.Muhammadali Aliqulov (37.Sherzod Fayziev, 84'), 28.Ergash Ismoilov, 69.Roman Xadjiev, 97.Augustine Chidi Kvem (22.Nurjahon Muzaffarov, 82')

Zaxira: 25.Samandarbek Jo'rabekov, 27.Maqsudxo'ja A'loxo'jaev, 99.Viashima Rapayel Ayagva

Ogohlantirishlar: 7 - Ergash Ismoilov, 55 - Muhammadali Aliqulov, 57 - Sardor Abduraimov, 90+1 - Anvarjon G'ofurov


90+6. O'yin yakunlandi!

90. O'yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.

87. "Mashal"da qulay vaziyat yuzaga kelgandi... Nurjahon Muzaffarovning zarbasini Jokich qaytarib yubordi darvozadan.

85. Marushichning uzoqdan tepgan to'pi noaniq bo'ldi.

81. Avvalroq aytganimizdek, uchrashuv ssenariysi Vodiyda bir kun avval bo'lib o'tgan boshqa o'yinni eslatib yuboryapti.

79. GOL! Marushich hisobni uchtaga oshirdi! Hakamlar bu vaziyatda offsayd bo'lmaganini aniqladi va golni inobatga olishdi!

77. VAR golni tekshirmoqda. Hisobga olinarmikin?

76. Marushich gol urdi, birok bu vaziyatda o'yindan tashqari holat bo'lgan ekan. 

75. Yana bir vaziyat bo'ldi. Bu safar Jokich yaxshi vaziyatdan gol ura olmadi.

74. Iskanderov sal qolsa Zoranni qariyb bo'sh qolgan darvozaga zarba berish uchun imkoniyatga chiqarishga yaqin edi, biroq "Mashal" vakili yaxshi harakat qildi.

73. Yaxshi vaziyat bo'ldi mezbonlarda. G'iyosov to'pni Yovovichga uzatdi, uning tepgan to'pi noaniq bo'ldi.

72. Har ikki jamoa bosh murabbiylari o'zgarishlarga qo'l urdi.

67. Yo'q, hammasi joyida. O'yin davom etadi.

67. Qiziq holat. VAR "Neftchi" jarima maydonchasi ichida qo'pollikni tekshirmoqda.

65. "Mashal"dan xavfli vaziyat. Darvozaga yakuniy zarbani beradigan futbolchi topilmadi.

63. Farg'onalik muxlislar tribunalarda jamoa formasidagi ranglarda maxsus uskunalarda tutunlar yoqishmoqda.

62. Muborakliklar sekin-asta imkoniyatlarini qidirmoqda. 

54. Mezbonlar bugun kombinaciyalarni ajoyib tarzda uyushtirmoqda. 

51. Zarba! Abdruaimovning uzoqdan tepgan to'pi rekoshetga uchradi, Botirali Ergashev qiyinchilik bilan qaytardi!

48. Yana burchak zarbasi "Neftchi"da. Ammo bu safar muboraklik himoyachilar ishonchli harakat qilib, xavfni bartaraf etishdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

45. Samandar Ochilovning uzoqdan tepgan to'pi anchagina noaniq bo'ldi.

43. Qiziq vaziyat. "Neftchi" futbolchasi "Mashal" jarima maydonchasi ichida raqib futbolchisi bilan to'qnashib ketdi, bosh hakam ushbu vaziyatda penalti yo'q deb hisobladi. 

39. Muborakliklar uchrashuv boshidagi xavfli vaziyatdan so'ng hozircha boshqa xavfli holat yarata olmadi.

38. Xavfli zarba! Jamshid Iskanderovning tepgan to'pini darvozabon qaytardi!

33. Jamshid Iskanderovning erlatib bergan zarbasi birozigan noaniq bo'ldi...

32. Yana hujum "Neftchi"dan, bu safar Abror Ismoilov zarba berdi. Ammo noaniq.

31. O'yin kecha bo'lib o'tgan qaysi bahni sizga eslatmoqda?..

Yana burchak zarbasi! Havolab uzatib berilgan to'pni Perica boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi!

30. GOL! "Neftchi" hisobni ikkitaga oshirdi!


24. Yaxshi kombinaciya bo'lishi mumkin edi, ammo Yovovich "Mashal" himoyachisiga nisbatan qo'pollik ishlatgani sabab to'xtab qoldi.

22. Abror Ismoilov raqib himoyachisi xatosidan foydalanib darvozaga zarba berdi, biroz noaniq bo'ldi.

20. O'yin tempi boshidagiga qaraganda biroz pasaydi. To'p asosan maydon markazida.

12. Dahshat vaziyat! Jovichning pasidan so'ng Perica birga-bir vaziyatga chiqib ketdi. Uning tepgan to'pini darvozabon qaytardi, qaytgan to'pni yana Stipe tepdi, ammo bu safar "Mashal" vakili bosh bilan qaytardi! 

10. Farg'onaliklar faol. Yana oldinga o'tishmoqda.

Burchakdan uzatilgan to'p qator zarbalardan so'ng Boyanga kelib tushdi, uning tepgan to'pi darvoza to'ridan joy oldi.

9. GOL! Boyan Ciger hisobni ochdi! 

8. Hujum navbati "Neftchi"da. Jokichning zarbasi "Mashal" himoyachisiga tegib, to'p maydondan chiqib ketdi.

1. Muborakliklar ilk daqiqalardanoq hujumga o'tdi! Humoyun Murtazoev o'ziga uzatib berilgan to'pni darvozaga yo'lladi, Ergashevdan ajoyib seyv! Shuningdek, bu holatda o'yindan tashqari holat ham bo'lib ulgurgan ekan.

1. O'yin boshlandi!

Stadionda O'zbekiston davlat madhiyasi jarang sochmoqda.

Farg'ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov o'yindan avval nutq so'zlab, barchani yangi mavsum bilan qutladi. 

- Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosnmandlari! O'zbekistonga futbol bahori qaytmoqda. Farg'onaning "Neftchi" hamda Muborakning "Mashal" jamoalari ishtirokidagi bahsning matnli translyatsiyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin!


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia