APL. "Oltin qo'lqop" uchun kurashda kim yetakchi?

Aslanov Jasurbek
2 apr 2018, 16:27
31 mart va 1 aprel kunlari Angliya Premer-ligasining 31-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

"Manchester Yunayted" darvozaboni David de Xea "Suonsi"ga qarshi bahsda (2:0) darvozasini "quruq" saqladi va joriy mavsum APLda gol o'tkazmagan o'yinlari sonini 16taga etkazib oldi. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha mavsum oxirida posbonlarning biriga "Oltin qo'lqop" sovrini topshiriladi. Ayni damda MYU darvozaboni reytingda yetakchilik qilmoqda.

APL. "Oltin qo'lqop" uchun kurash
KlubDarvozabon"Quruq o'yin"
"Manchester Yunayted"David de Xea16
"Manchester Siti"Ederson14
"Chelsi"Tibo Kurtua13
"Tottenxem"Ugo Loris13

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: premierleague.com