APL klublari nihoyat mashg'ulotlarni boshlashmoqda

Mirjalol Normatov
18 may 2020, 19:28
Angliya Premer-ligasi klublari mashg'ulotlarni qayta boshlash borasida bir qarorga kelishdi.

Jamoalar 19 may kunidan boshlab, kichik guruh bo'lib, mashg'ulotlarni boshlashlari mumkin. Futbolchilar ijtimoiy masofani saqlab turishadi, hozircha kontaktli mashg'ulotlarga ruxsat berilmagan.

Bugungi kunga kelib, Buyuk Britaniyada koronavirusdan zararlanganlar soni 245 ming nafarga etgan. Shulardan 35 mingga yaqini vafot etgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal