APL klublari FA taklifiga qarshi

Aslanov Jasurbek
16 noya 2018, 14:27
Angliya Premer-ligasi klublari Angliya futbol federatsiyasining legionerlar borasida bergan taklifiga qarshi chiqishmoqda.

Oldinroq, FA klublarga qaydnomaga ko'pi bilan 12 nafar legioner kiritish taklifi bilan xat yuborgan edi. Hozirgi kunda Angliya chempionati klublari uchrashuv qaydnomasiga 17 nafar legionerni qo'shishi mumkin. Biroq bu klublarga yoqmadi.

"Tizim ishlayapti, nega uni o'zgartirish kerak? Bu mavzuni kengroq o'rganib, barcha holatlarni hisobga olishimiz kerak" - deydi "Vest Xem" egasi Devid Gold.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph