APL klublari 2026 yildan boshlab bukmekerlarni liboslari old tomonida reklama qilmaslikka kelishib olishdi

Sherzod Nurmatov
13 apr 2023, 17:21
APL jamoalari futbolkalarining old tomonida bukmekerlik firmalari reklamasini ko'rsatmaslikka qaror qilishdi.

Liga klublari bugun o'z formalarining old qismidan bukmekerlik kontoralari reklamasini olib tashlash qarorini e'lon qilishdi. Buning sababi – "stavka"lar reklama miqdorini kamaytirish istagi.

Kelishuv 2025/26 yilgi mavsum oxirida kuchga kiradi. Klublar ungacha amaldagi kelishuvlarini ko'rib chiqish imkoniyatiga ega.

"The Times" jurnalisti Martin Ciglerning yozishicha, 20 ta klubdan 18 tasi yoqlab ovoz bergan, 2 ta jamoa betaraf qolgan. Biroq futbolkalarning engidagi reklamaga baribir ruxsat beriladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: premierleague.com