APL klubi "Rostov" xavbeki Normannga qiziqmoqda

Alisher
5 okt 2020, 13:37
"Rostov" yarim himoyachisi Matias Normann Rossiyadan Angliyaga yo'l olishi mumkin.

24 yoshli norvegiyalik futbolchi bilan Londonning "Fulxem" klubi shartnoma imzolamoqchi. Klub Ruben Loftus-Chik bilan shartnoma imzolanmagan taqdirda, "Rostov"ga Normanning transferi uchun taklif beradi.

"Chelsi" xavbeki "Fulxem" uchun bosh maqsaddir. Matias "Rostov"ga 2018 yilning qishida "Brayton"dan 1,7 million evro evaziga o'tgandi.

Normann joriy mavsum Rossiya chempionati doirasidagi 9ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail