APL. 2-tur. "Arsenal" London derbisida g'olib bo'ldi, Podolskidan dubl

Narzulla Saydullayev
24 avg 2013, 19:04
Angliya premer ligasida 2-tur o'yinlari rasman boshlandi.
London derbisida "Fulxem" "Arsenal"ni qabul qildi. Dastlabki turda o'z uyida 1:3 hisobida yutqazib qo'ygan "kanonirlar" bu safar xuddi shu hisobda zafar quchishdi. Olive Jiru uchrashuvdagi hisobni ochdi. So'ngra Lukash Podolski ikkita gol urdi. Darren Bentning goli yirik hisob qayd etilmasligiga sababchi bo'ldi - 1:3. 

Fulxem – Arsenal 1:3 (0:2, 1:1)
24 avgust, 16.45, Kreyven Kottedj
Gollar:
0:1 – 14 Jiru (Remzi), 0:2 – 41 Podolski (Uolkott), 0:3 – 68 Podolski (Kasorla), 1:3 – 77 Bent (Berbatov).
Fulxem – Stokdeyl, Riter, Xangeland, Riise, A. Xyuz, Parker, Siduell (Karagunis, 75), Kasami, Taarabt (Kachaniklich, 62), D. Daff (Bent, 59), Berbatov.
Arsenal – Shchensni, Sanya, Djenkinson, Mertesaker, Gibbs, Remzi, Rosicki (Uilsher, 69), Uolkott, Kasorla, Podolski (Sanogo, 81), Jiru (Monreal, 72). 
Ogohlantirishlar: Remzi (21), Parker (73), Kasami (78), Uilsher (80).
 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia