Anxel Di Mariya: "Messisiz ham g'alaba qozona olamiz"
Narzulla Saydullayev
15 avg 2013, 13:38
Italiya terma jamoasiga qarshi o'tgan o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng (2:1) Argentina yarim himoyachisi Anxel Di Mariya o'z fikrlarini bildirdi.
"Leo tarkibda bo'lsa bizda hujumda imkoniyatimiz ko'proq bo'ladi. Ammo u yo'q bo'lgan o'yinlarda ham g'alaba qozona olishimizni Italiyaga qarshi o'yinda buni isbotladik", - deydi Di Mariya Reuters axborot agentligiga.