Antonio Konte: "APLda YCHL uchun bir o'rin qolgan"

Mirjalol Normatov
12 mar 2023, 16:59
"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte jamoasining kuchli to'rtlikka kirishi borasida gapirdi.

"YCHL poygasida qatnashish juda va juda qiyin bo'ladi. Chunki poygada ko'plab jamoalar qatnashadi va raqobatchilar kuchli bo'ladi. Ayni damda faqatgina bir joy bor: "Manchester Siti" va "Arsenal" APL g'olibligi uchun kurashmoqda, "Manchester Yunayted" esa yaxshi odimlamoqda. Shu sababli boshqa jamoalar bir o'rin uchun kurashishmoqda.

Bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Yuqoridagi uch jamoani inobatga olsak, mavsumni to'rtinchi o'rinda yakunlashimiz, APL sovriniga teng bo'ladi. O'tgan mavsumda ham shunday bo'lgandi va o'shanla gaplarimni mo'jizaga yo'yishgandi.

Ushbu mavsumda esa bir o'rin uchun kurashish yanada qiyin bo'lmoqda: "Liverpul" qiyin raqib, "Nyukasl" ham raqobatda. "Chelsi" ham autsayder emas. Ular so'nggi 11-12 o'yinni yuqori kayfiyatda o'tkazishi mumkin", - dedi Konte.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Evening Standard