Ansu Fatining safga qaytish muddati yana cho'zildi

Eldor Akmurzayev
4 mar 2022, 08:45
Dastlabki tekshiruvlarga ko'ra, “Barselona” hujumchisi Ansu Fati 20 mart kuni o'tadigan “Real”ga qarshi to'qnashuvgacha sog'ayishi kutilgandi.

Biroq, bu muddat yana uzayadigan bo'ldi. Fati tiklanish jarayonini Madriddagi shifoxonada o'tkazmoqda va unga Xoakin Xuan qaramoqda. Xuan Krishtianu Ronalduning shifokori ham hisoblanadi.

Qayd etilishicha, 19 yoshli ispaniyalik aprel o'rtalarida maydonga qaytadi. Ansu joriy mavsum La Ligada 5 o'yinda qatnashib, 3 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: El Pais