

"Agar Pedro "Manchester Yunayted"ga o'tsa, mankunianlar ajoyib futbolchiga ega bo'ladi. U "Barselona"da men uchun ideal sherik edi. Qanotda o'ynay olish qobiliyati uning qonida bor. Shu sababli bu xarid MYUga foyda keltiradi deb o'ylayman. Di Mariya - erkinlikni sevadigan, maydonda joyini tez-tez o'zgartiradigan futbolchi. Ammo van Gal bir tartibli o'yinni yoqtiradi. Pedro Lui van Galga to'g'ri keladigan futbolchi. U "Barselona"ning muvaffaqiyatlarida katta rol o'ynagan" - deydi Anri.



