Angliya Superkubogi uchun bahsning vaqti o'zgardi

Aslanov Jasurbek
1 avg 2017, 15:18
Angliya futbol assotsiatsiyasi "Arsenal" hamda "Chelsi" o'rtasida bo'ladigan mamlakat Superkubogi uchun bahs vaqtini o'zgartirishga qaror qildi.

Avvaliga Angliya chempioni va mamlakat Kubogi egasi o'rtasidagi o'yin Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanishi rejalashtirilgan edi, ammo uchrashuvni bir soat oldin boshlanadigan bo'ldi.

Shunday qilib, "Arsenal" - "Chelsi" bahsi Toshkent vaqti bilan 17:00da start oladi. Bu qarorga sabab sifatida ayollar o'rtasidagi Yevropa chempionati final bahsi vaqti bir paytda bo'lishi ko'rsatilmoqda. Angliya terma jamoasi finalga chiqish imkoniyatiga ega. 3 avgust kuni ingliz ayollari Evro yarim finalida Gollaniya bilan o'ynashadi.

"Arsenal" - "Chelsi" bahsi esa 6 avgust kuni bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror