Angliya. 7-tur. "Siti" "Everton" ustidan irodali g'alabaga erishdi

Narzulla Saydullayev
5 okt 2013, 18:53
Angliya premer ligasida 7-turning dastlabki o'yin bo'lib o'tdi.
"Manchester Siti" o'z uyida "Everton"ni qabul qiliib irodali g'alabaga erishdi. O'yindagi hisobni Romelu Lukaku ochdi. Ammo shundan so'ng Negredo darhol hisobni tenglashtirdi. Birinchi bo'lim oxirida Serxio Aguero o'zini ko'rsatdi. Ikkinchi bo'limda yagona gol avtogol sifatida qayd etildi. Belgilangan penaltini Aguero amalga oshirdi, to'p darvozabon Xovarddan darvozaga borib tushdi - 3:1.
 

Manchester Siti – Everton 3:1
5 oktyabr, Etixad Stedium
Gollar
: 0:1 – 16 Lukaku, 1:1 – 17 Negredo, 2:1 – 45 Aguero, 3:1 – 69, avtogol Xovard.
Manchester Siti – Djo Xart, Sabaleta, Kompani (Nastasich, 34), Leskott, Kolarov (Klishi, 58), Yaya Ture, Fernandino, Silva, Aguero (Nasri, 79), Milner, Negredo.
Everton – Xovard, Koulmen, Disten, Djagelka, Beyns, Barkli, Dj. Makkarti, Osman (D. Gibson, 63), Miralyas (Deulofeu, 63), Neysmit, Lukaku (Kone, 82).
Ogohlantirishlar: Kompani (23), Milner (45), Disten (69), Xovard (69), Silva (74), Sabaleta (78), Koulmen (80).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia