Andrey Miklyaev: "Futbolda gol urgan jamoa g'alaba qozonadi"

Narzulla Saydullayev
12 may 2016, 19:29
"Lokomotiv" va "Paxtakor" jamoalari o'rtasidagi o'yindan keyin mezbonlar ustozi o'z fikrlarini bildirdi.

"Qiyin va murosasiz o'yin bo'ldi. "Paxtakor"ga qarshi bellashuvlarda hech qachon oson bo'lmagan. Bugun bizga ozgina omad ham kulib boqqanini ta'kidlab o'tishim lozim. "Paxtakor" bugun yaxshi o'ynadi. Ikkinchi taymda ko'proq himoyalandik. Qo'lga kiritilgan natijadan ko'nglimiz to'ldi. Muhimi uch ochkoga ega bo'ldik. Nega men matbuot anjumaniga kiraman, futbolchilarga ko'rsatmani esa Mirko Yyelichich beradi? Bu haqida juda ko'p gapirilgan. Mirko Yyelichich jamoaning jismoniy holatiga javobgar shahs hisoblanadi. Shu bois aynan Mirko o'yin paytida futbolchilarga ko'rsatmalarni berib turadi. Men asosan tashkiliy masalalar bilan shug'ullanaman.

G'alabaga loyiqmidik? Gol urdikmi, demak g'alabaga munosibmiz. Nemanya Yanichich bugungi bellashuvga ham deyarli tayyor edi. Ammo uni OCHLdagi muhim bahs oldidan maydonga tushirib, tavakkalga qo'l urmoqchi emasdik", - deydi Andrey Miklyaev.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia