

Rossiyalik futbolchi ayni damdagi klubi “Qayrat” haqida kitob yozmoqda. Bu haqda qozog'istonlik jurnalist Talgat Kaliev ma'lum qildi. Unga ko'ra, Arshavinning kitobi “Qayrat”ning ayni damdagi jamoasi haqida. Ma'lumot uchun, Andrey 2016 yildan beri Qozog'iston klubi safida to'p surib kelmoqda. U bu mavsumda jamoasi safida 27 uchrashuv o'tkazib, 9 ta gol urishning uddasidan chiqdi.



