Andre Villash-Boash: “Adebayorda “Tottenxem”ni tark etishga imkoniyatlar bor edi”

13 sen 2013, 14:20
“Tottenxem” klubi bosh murabbiyi Andre Villash-Boash, klub hujumchisi Emmanuel Adebayorga bir nechta klub qiziqqanligi to'g'risida aytib o'tdi.

“Adebayorda “Tottenxem”ni tark etishga imkoniyatlar bor edi. Biroq u bu takliflarning hech biri bilan qiziqmadi.

Ammo biz futbolchiga va uning agentiga bizga kelib tushayotgan takliflar bo'yicha har doim xabar berib turamiz”, - deydi Villash-Boash.

Avval berilgan xabarlarda, shunday klublardan biri SSKA bo'lgani ma'lum qilingan edi.


Manba: sports.ru