Andre Vilash-Boash: “Liga Kubogi - “Tottenxem” yutishni maqsad qilgan musobaqa emas”

Narzulla Saydullayev
24 sen 2013, 15:19
“Tottenxem” klubi bosh murabbiyi Andre Vilash-Boash, Angliya liga Kubogi bahsi doirasida “Aston Villa”ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yindan nimalarni kutayotganligi xususida fikr bildirib o'tdi.

“Seshanba kungi “Aston Villa”ga qarshi o'yin qiyin kechadi. Biz uchun o'yin chorshanba kuni o'tkazilsa maqul kelar edi.

Bu o'yinda “Aston Villa”ning ustunlik tomoni, ularning o'yini shanba kuni bo'lib o'tgan va endi jamoada rotaciya o'tkazishga to'g'ri kelmaydi.

Angliya liga Kubogi musobaqasi biz uchun katta ahamiyat kasb etmaydi. Yakshanba kuni “Kardiff”ga qarshi o'ynagan o'yinchilarimiz maydonga tushishlari ham mumkin.

Biroq futbolchilarning salomatligini xatarga qo'yishni istamayman”, - deydi Villash-Boash.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru