

Bo'lajak rasmiy o'yinlar boshlanishi oldidan jamoa mavsumga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko'rishga xarakat qilmoqda. Murabbiylar shtabining tayyorgarlik rejasi va taklifiga binoan “Andijon-SGS” fevral oyining 10-24 kunlari Turkiya davlatining Antaliya shahrida yig'in o'tkazishni maqsad qilgan.
Mazkur xorij yig'inni tashkil etishdan ko'zlangan maqsad, futbolchilarning funkcional tayyorgarligini yanada kuchaytirish, qolaversa joriy yilning aprel oyida Ispaniyaning Barcelona shahrida bo'lib o'tadigan “Biz yulduzlarni kashf etamiz” xalqaro musobaqasida faol ishtirok etishdir.



