

"2020 yilgi mavsumda “Andijon” jamoasi tarkibida harakat qilgan moldovalik futbolchi Artyom Litvyakov jamoada qolib ketgan oylik maoshlarini undirish yuzasidan O'zbekiston futbolchilar uyushmasiga murojaat qilgan edi.
Bugunga kelib “Andijon” futbol klubi sobiq futbolchisi bilan to'liq hisob-kitobni amalga oshirdi va futbolchi klubga nisbatan ortiq shikoyati yo'qligini ma'lum qildi", - deb yozadi PFLning telegramdagi rasmiy kanali.


