“Andijon” ertaga “Sho'rtan” bilan o'ynaydi

Andijonliklarning poytaxtdagi yig'ini davom etmoqda.

Jamoa a'zolari bugun ham ikki mahal mashg'ulot o'tkazdi. Ertalabki mashg'ulotda asosiy e'tibor jismoniy tayyorgarlikka qaratildi va futbolchilarga “nagruzka” berildi. Kechki payt esa to'p bilan taktik jihat ustida ish olib borildi. Jamoada barchaning kayfiyati yaxshi deyish mumkin. Futbolchilarning ishtiyoqi baland. Murabbiylar esa har bir o'yinchining imkoniyatini ko'zdan kechirmoqda. Tarkibda hozircha o'zgarishlar yo'q. Ertaga navbatdagi nazorat sinov uchrashuvi tashkil etiladi. Sergeli tumanida joylashgan sun'iy qoplamali maydonda “Sho'rtan”ga qarshi kechadigan bahs soat 11:00da start oladi. 

"Andijon" FK matbuot xizmati.


Manba: championat.asia