"Andijon": Bugun ikki tomonlama o'yin o'tkaziladi

Narzulla Saydullayev
9 yanv 2016, 15:14
"Andijon" jamoasining o'z qarorgohida olib borayotgan o'quv-mashg'ulot yig'ini davom etmoqda.
Kecha mashg'ulotlarning to'rtinchi kunida Anvar Berdiev, Iqbol Boboxonov va Davron Tursunov kabi yetakchi futbolchilar ham jamoa bilan mashg'ulotlarda ishtirok etishni boshlashdi. Muqim Toshmatov, Ravshan Aslanov, Isroil Ergashev va yana bir qator yoshlar ko'rikdan o'tishda davom etishyapti. Bugun kunning ikkinchi yarmida murabbiylar ikki tomonlama o'yin o'tkazib futbolchilarni sinovdan o'tkazishadi.


"Andijon" jamoasi matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia