Anchelotti Xaviga javob qaytardi

Eldor Akmurzayev
2 yanv 2021
Avvalroq, “Barselona” ustozi Xavi jamoadagi yo'qotishlar ko'pligi tufayli “Malorka”ga qarshi o'yin qoldirilishi kerakligi haqida gapirgandi.

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti esa unga javob qaytardi.

“Bu qiyin vaziyat. Har kimning fikrini xurmat qilaman. Protokol bor. Ha, o'z fikrlarimizni bildirishimiz mumkin, ammo protokolga ham rioya qilish kerak.

Protokol shunday tuzilgan. O'ynash kerak. Bu to'la adolatlidir. Koronavirus tufayli o'ynamagan davrimiz ham bo'ldi, uyda o'tirdik, bir necha oy davomida bahslar o'tkazilmadi.

Pandemiya hozirda nazorat ostida. Shifokor bo'lmasam ham bularni aytayotgan mutaxassislarga ishonaman.

O'ynashda davom etishimiz kerak”, deydi Anchelotti.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: AS