

"Real Madrid" klubi ustozi Karlo Anchelotti kecha France Football tomonidan o'tkazilgan marosimda "Real"ning yilning eng kuchli klubi nominaciyasida "Man Siti" va "Liverpul"dan keyin uchinchi o'rinni egallagani haqida gapirdi.
"Baholash kriteriyasini bilmayman. Menimcha gap klub haqida ketmayapti. Sababi, agar gap klub haqida bo'lganda o'tgan mavsum eng zo'ri "Real Madrid" edi.
"Man Siti"ni yarim finalda engish oson bo'lmadi. Ular Angliya chempioni ham bo'lishdi. France Football bergan mukofotga hurmat saqlagan holda aytamanki, biz eng muhim sovrinni may oyidayoq qo'lga kiritib bo'lganmiz", -deydi Karlo Anchelotti.


